O‘zbekiston Venesuelani mag‘lub etib, FIFA Series turnirida g‘alaba qozondi
Toshkentda FIFA Series turniri finalida O‘zbekiston va Venesuela terma jamoalari kuch sinashdi.
Har ikki tomon hisobni ochish uchun imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Teng kurashlar ostida kechgan uchrashuvning asosiy daqiqasida hisob ochilmadi. Natijada penaltilar seriyasi belgilandi.
Penaltilar seriyasida O‘zbekiston terma jamoasi 5:4 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa terma jamoamiz FIFA Series o‘rtoqlik turniri g‘olibi bo‘ldi.
Venesuela ikkinchi, Gabon terma jamoasi esa 3-o‘rinni egalladi.
FIFA Series
O‘zbekiston – Venesuela 0:0 (Penaltilar seriyasi 5:4)
O‘zbekiston: 12.Abduvohid Ne'matov, 2.Abduqodir Husainov, 5.Rustam Ashurmatov, 7.Otabek Shukurov, 9.Odil Hamrobekov (6.Akmal Mozgovoy, 71), 10.Aziz G‘aniyev (18.Alisher Odilov, 58), 11.Oston O‘runov (8.Jamshid Iskanderov, 71), 13.Sherzod Nasrullayev, 14.Eldor Shomurodov (26.Sherzod Temirov, 90), 20.Behruz Karimov (3.Hojiakbar Alijonov, 71), 24.Jahongir O‘rozov.