locale OZ

O‘zbekiston va Rossiya futbol afsonalari o‘rtasida o‘yin o‘tkaziladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston va Rossiya futbol afsonalari o‘rtasida o‘yin o‘tkaziladi
Photo: UFA

14 avgust soat 19:00 da “Jar” stadionida 1979-yildagi aviakatastrofa qurbonlari xotirasiga bag‘ishlab afsonaviy futbolchilar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Ushbu uchrashuvda Birador Abdurahimov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Rossiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Mirjalol Qosimov, Azamat Abdurahimov, Baxtiyor Ashurmatov, Odil Ahmedov, Server Jeparov, Timur Kapadze, Ignatiy Nesterov, Ravshan Ermatov, Aleksandr Mirzoyan, Rinat Dasaev, Dmitriy Alyonichev, Valeriy Shmarov, Yegor Titov, Sergey Kiryakov kabi afsonalar ishtirok etadigan ushbu o‘yinga barcha futbol muxlislarini taklif etamiz. Kirish bepul.

Shuningdek, OAV vakillari uchun uchrashuv oldidan, soat 18:00 da matbuot anjumani ham o‘tkaziladi.

14 avgust | 18:00
“JAR” stadioni

Barchangizni ushbu muhim tadbirda kutib qolamiz”, — deyiladi O‘FA xabarida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting