locale OZ

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi yoshlar va o‘smir jamoalar o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkaziladi

Toshkentda O‘zbekiston va Qozog‘iston U-21 terma jamoalari o‘rtasida ikki uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi yoshlar va o‘smir jamoalar o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkaziladi
Фото: ЎФА

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Qozog‘iston futbol federatsiyasi o‘rtasida ko‘p yillardan buyon samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Bu hamkorlik tizimli bo‘lib, sheriklik va o‘zaro hurmat tamoyillariga asoslangan. Bugungi kungacha turli darajadagi – milliy terma jamoalardan tortib o‘smirlar va ayollar jamoalarigacha – muntazam o‘yinlar o‘tkazib kelinayotgani buning yaqqol isbotidir.

Jumladan, joriy yilning oktyabr oyida ikki davlat yoshlar va o‘smirlar terma jamoalari o‘rtasida bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlari rejalashtirilgan:

12 va 14-oktyabr kunlari Toshkentda O‘zbekiston va Qozog‘iston U-21 terma jamoalari o‘rtasida ikki uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

3–14-oktyabr kunlari Olmaota shahrida esa U-15 terma jamoalari o‘zaro ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Shuningdek, yoshlar va ayollar terma jamoalari ishtirokida ham muntazam tarzda o‘zaro uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting