locale OZ

O‘zbekiston va Ozarbayjon delegatsiyasi ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi

Ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston va Ozarbayjon delegatsiyasi ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi
Фото: ЎФА

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Ozarbayjon futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi delegatsiyasi ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va futbol sohasining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Xususan, hakamlik tizimini takomillashtirish, yosh hakamlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning malakasini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, futbolni raqamlashtirish, zamonaviy IT yechimlardan foydalanish va bolalar-o‘smirlar futbolini rivojlantirish yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida hamkorlikni mustahkamlash va qo‘shma loyihalarni davom ettirishga kelishib olindi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting