locale OZ

O‘zbekiston va Janubiy Koreya milliy jamoalari o‘rtasidagi o‘zaro uchrashuvlar tarixi

Ikki milliy jamoa shu kunga qadar jami 16 marta o‘zaro to‘qnash kelgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston va Janubiy Koreya milliy jamoalari o‘rtasidagi o‘zaro uchrashuvlar tarixi
Фото: Getty Images

Ertaga, 6 oktabr kuni O‘zbekiston milliy jamoasi FIFA kunlari doirasidagi so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi.

Ikki milliy jamoa shu kunga qadar jami 16 marta o‘zaro to‘qnash kelgan. Ushbu bahslarning bittasida O‘zbekiston g‘alaba qozongan, 4 ta uchrashuv durang bilan yakunlangan va 11 marta Janubiy Koreya ustun kelgan. To‘plar nisbati — 14:34.

O‘zbekiston koreyaliklarga qarshi yagona g‘alabasini 1994 yilda qo‘lga kiritgan. O‘shanda milliy jamoamiz raqibni 1:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

Milliy jamoalar o‘rtasidagi so‘nggi uchrashuv esa 2018 yilda FIFA kunlari doirasidagi o‘rtoqlik bahsida bo‘lib o‘tgan. Unda Janubiy Koreya yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozongan.

Shu tariqa, O‘zbekiston milliy jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi 32 yildan buyon ilk g‘alabasini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega. Shuningdek, bu ikki jamoaning sakkiz yillik tanaffusdan keyingi ilk o‘zaro uchrashuvi bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida, jamoalar o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 6 oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting