O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Xitoyga jo’nab ketdi
Terma jamoa yig‘inning ikkinchi qismini 2–10 fevral kunlari Xitoyda o‘tkazadi.
Фото: ЎФА
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi 27-yanvardan boshlab Milliy futbol markazida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga kirishgan edi.
Jamoliddin Rahmatullayev boshchiligidagi terma jamoa 1-fevral kuni "Olimpik Mobiuz" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushib, 3-2 hisobida g‘alaba qozondi.
Terma jamoa yig‘inning ikkinchi qismini 2–10 fevral kunlari Xitoyda o‘tkazadi. Terma jamoamiz 4–9 fevral kunlari Xitoy U-20 terma jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi.
Ushbu yig‘inga jalb etilgan futbolchilar ro'yxati bilan tanishing.

Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist