locale OZ

O‘zbekiston U-20 jamoasi Osiyo kubogi saralashidagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi

B guruhi mezboni Bangladeshga qarshi kechgan o‘yinda Saydaliyev va Abrayevning gollari evaziga raqibni mag‘lub etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston U-20 jamoasi Osiyo kubogi saralashidagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi
photo: UFA

O‘zbekiston U-20 jamoasi Osiyo kubogi saralashidagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi.

B guruhi mezboni Bangladeshga qarshi kechgan o‘yinda Saydaliyev va Abrayevning gollari evaziga raqibni mag‘lub etdi.

Guruhning birinchi o‘yinida esa Hindiston Suriyadan minimal hisobda ustun keldi.

Jamoliddin Rahmatullayev jamoasi 2-turni 3 sentyabr kuni Hindistonga qarshi o‘tkazadi.

Osiyo kubogi U-20. Saralash bosqichi
B guruhi. 1-tur. 31 avgust
Toshkent. «Do‘stlik» stadioni
O‘zbekiston — Bangladesh 2:0
Gollar: Quvonishbek Saydaliyev (20), Quvonchbek Abrayev (47).
O‘zbekiston U-20 — Ne’matulloh Rustamjonov, Shorahim Shorahmedov (Nurmuhammad Abdug‘aniyev, 46), Azizbek To‘lqinbekov (C), Quvonchbek Abrayev, Asilbek Abdurasulov, Behruz Abdusattorov (Asilbek Aliyev, 62), Ozodbek Najmiddinov (Ozodbek Odiljonov, 46), Quvonishbek Saydaliyev, Abdulvosit Soliyev (Diyor Ermanov, 80), Muhammadali Dilshodbekov, Davron To‘laganov (Abdulfayz Bobomurodov, 62).

Suriya — Hindiston 0:1
Gol: Shami (86).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting