locale OZ

O‘zbekiston U-18 Armanistondan ustun keldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston U-18 Armanistondan ustun keldi
Фото: ЎФА

Armanistonda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazayotgan Jamoliddin Rahmatullaev boshchiligidagi O‘zbekiston U-18 bugun mezbonlarga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuv 2:1 hisobida o‘zbekistonlik futbolchilarning g‘alabasi bilan yakun topdi. Quvonchbek Abraev va Ulug‘bek Maratov uchrashuvda gollar muallifi bo‘lishdi.

Shuningdek, o‘yinda Davron To‘laganov 11 metrlik jarima to‘pini aniq amalga oshira olmadi.

Bu jamoalar 8 sentabr kuni yana bir bor o‘zaro bahs olib borishadi.

O‘rtoqlik o‘yini
Armaniston U-18 - O‘zbekiston U-18 - 1:2
Gollar: Quvonchbek Abraev 8, Ulug‘bek Maratov 58.
Noaniq penalti: Davron To‘laganov 58.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting