locale OZ

O‘zbekiston U-17 o‘rtoqlik o‘yinida 1-liga klubini mag‘lub etdi

Uchrashuvda Islom Ismoilov shogirdlari 9:1 hisobida g‘alabaga erishishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston U-17 o‘rtoqlik o‘yinida 1-liga klubini mag‘lub etdi
Фото: ЎФА

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Birinchi liga vakili “Do‘stlik” jamoasiga qarshi nazorat o‘yinida maydonga tushdi. Uchrashuvda Islom Ismoilov shogirdlari 9:1 hisobida g‘alabaga erishishdi.

Terma jamoaning gollariga Sayfiddin Sodiqov (dubl), Abubakir Shukurullaev (dubl), Amirsayd Kamolxonov (dubl), Sadriddin Hasanov, MuhammadYusuf Fayzullaev va Abdusamad Saidovlar mualliflik qildi.

Boshlang‘ich tarkib: Ibrohim Shokirov, Mo‘minxon Bahodirxonov (s), Amirxon Murodov, Abdumalik Anvarov, Muhammadali Musaxonov, Muhammad Hakimov, Azizbek Erimbetov, Sadriddin Hasanov, Sayfiddin Sodiqov, Abubakir Shukurullaev, Muhammad Habibullaev

Zaxira: Bahodir Izbaskanov, Shohjahon Saidqulov, Ne'matullo Rustamjonov, Mirjalol Ismoilov, Hojiakbar Yusufbekov, Behruz Saidmurodov, Xayrullo Ergashov, Abdusamad Saidov, Abdulloh Fazliddinov, Ja'far To‘xtaboev, Sardor Fayzullaev, MuhammadYusuf Fayzullaev, Nurbek Sarsenbaev, Azizbek Abdumuminov, Asilbek Aliev, Amirsayd Kamolxonov, Miraziz Abdukarimov.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting