locale OZ

Oʻzbekiston U-17 nazorat uchrashuvida Oqtepadan ustun keldi

Sergey Chigodayev shogirdlari 4:2 hisobida gʻalaba qozondilar.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Oʻzbekiston U-17 nazorat uchrashuvida Oqtepadan ustun keldi
Фото: ЎФАtun keldi

Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Toshkentdagi yigʻin doirasida Birinchi liga vakili “Oqtepa” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini oʻtkazdi. Mazkur bahsda Sergey Chigodayev shogirdlari 4:2 hisobida gʻalaba qozondilar.

Oʻzbekiston U-17 4:2 “Oqtepa”

Terma jamoaning gollariga Ziyodulla Salomov, Abubakir Rahimov, Suhrob Sadirjonov va Laziz Abduraimov mualliflik qildi.

Boshlangʻich tarkib: Olim Shomurodov, Muhammadjon Hakimov (s), Mirjamol Anvarov, Adis Abdunabiyev, Abubakir Rahimov, Islom Ravshanov, Muhammadjon Mamatov, Amirxon Erkinov, Suhrob Sadirjonov, Jahongirmirzo Oʻktamboyev, Ziyodulla Salomov.

Zaxiradan tushganlar: Mirkomil Murodov, Muhammadodilxon Orifxonov, Mehroj Sirojiddinov, Laziz Abduraimov, Diyor Holiqov, Humoyun Sindarov, Azizillo Erkinjonov, Mironshoh Eshpoʻlatov, Muhammadaziz Roʻziboyev, Elsevar Olimov, Mashhur Abdisoliyev, Abdulboriy Zoidjonov, Ahror Ravshanbekov, Damir Mirzabekov.

Eslatib oʻtamiz, oʻsmirlarimiz 15-martdan yigʻinning ikkinchi qismini Rabatda davom ettiradi va Marokashga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlarida maydonga tushadilar.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting