O‘zbekiston U-16 Yaponiyani mag‘lub etdi
Dastlabki o‘yinda yaponiyaliklar g‘alaba qozongandi.
Фото: ЎФА
O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Yaponiyaga qarshi ikkinchi uchrashuvini o‘tkazdi.
Sergey Chigodayev boshqaruvidagi o‘smirlarimiz mazkur bahsda raqiblaridan ustun keldi.
O‘zbekiston 2:1 Yaponiya
Gollar: Takai Eito 40, Muhammadodilxon Orifxonov 49, 68.
O‘zbekiston: Platon Dolskiy, Mashhurbek Abdusoliyev, Adiz Abdunabiev, Muhammad Mamatov, Islom Ravshanov, Laziz Abdurahimov, Mirkomil Murodov, Suhrob Sadirov, Mirjamol Anvarov, Ahror Ravshanbekov, Abubakir Rahimov.
Zaxiradagilar: Shomurodov, Juravlev, Ibragimov, Olimov, Hayitmurodov, Orifxonov, Rahimov S, Sindarov, Aliyev, Erkinov, Qurbanov, Urokov, Qosimjonov.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist