locale OZ

O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Indoneziyaga qarshi ikkita o‘rtoqlik bahsida ishtirok etadi

Har ikki uchrashuv ham nazorat o‘yini maqomida o‘tkaziladi va uchrashuvlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya amalga oshirilmaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Indoneziyaga qarshi ikkita o‘rtoqlik bahsida ishtirok etadi
photo: UFA

O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Indoneziyaga qarshi ikkita o‘rtoqlik bahsida ishtirok etadi.

Ayder Kurbayev boshchiligidagi jamoamiz ayni kunlarda Milliy futbol markazida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini davom ettirmoqda.

Yig‘inning ikkinchi qismi 22-avgustdan Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida davom ettiriladi. U yerda Indoneziya U-16 terma jamoasiga qarshi ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.

24-avgust
Indoneziya — O‘zbekiston 🇺🇿

27-avgust
O‘zbekiston — Indoneziya 🇮🇩

Ma’lumot uchun, har ikki uchrashuv ham nazorat o‘yini maqomida o‘tkaziladi va uchrashuvlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya amalga oshirilmaydi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting