O‘zbekiston U-15 terma jamoasining MDH kubogida ishtirok etadigan tarkibi
Guruhda Belarus va Rossiya bilan bellashadi.
Фото: ЎФА
Ayder Qurbaev boshqaruvidagi O‘zbekiston U-15 terma jamoasi Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi musobaqasida ishtirok etadi.
Qur’a natijasiga ko‘ra, vakillarimiz Belarus va Rossiya terma jamoalari bilan birga “B” guruhidan joy oldi.
O‘yinlar jadvali (Toshkent vaqti bilan):
29-sentabr | 13:00
O‘zbekiston - Belarus
1-oktabr | 15:00
O‘zbekiston - Rossiya

Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist