O‘zbekiston terma jamoasi Qatarga qarshi oq libosda maydonga tushadi
Rasm: Gazeta.uz
Milliy jamoamiz ertaga JCH-2026 saralash bosqichi doirasidagi so‘nggi uchrashuvini Qatarga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bellashuv oldidan jamoalar va rasmiylar ishtirokida texnik yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda OFK vakillari tomonidan o‘yin reglamenti, media, marketing, tibbiyot va xavfsizlik masalalari yuzasidan zarur ma’lumot va tavsiyalar berildi.
Belgilangandek, terma jamoamiz ushbu uchrashuvda to‘liq oq libosda, darvozabonimiz esa qora formda harakat qiladi.
Bakradze Iman
Redaktor