O‘zbekiston terma jamoasi darvozaboni JCH saralashining barcha uy o‘yinlarini “quruq” o‘tkazdi
Rasm: upl.uz
O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatiga chiqish yo‘lidagi saralash bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi. Abror Toshev shogirdlari “A” guruhida 21 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rinni egallashdi. Jamoa 6 ta g‘alaba qozondi, 3 marta durang o‘ynadi va faqat bir marta mag‘lub bo‘ldi. O‘zbekistonlik futbolchilar raqiblar darvozasiga 14 ta gol urib, 7 ta to‘p o‘tkazib yuborishdi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston saralash bosqichidagi barcha uy uchrashuvlarini gol o‘tkazmasdan yakunlagan yagona jamoa bo‘ldi. Beshta uy o‘yinida darvozabon Utkir Yusupov o‘z darvozasini daxlsiz saqlashga muvaffaq bo‘ldi.
Bakradze Iman
Redaktor