locale OZ

O‘zbekiston terma jamoasi bugun Turkmanistonga qarshi o‘ynaydi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston terma jamoasi bugun Turkmanistonga qarshi o‘ynaydi
Фото: ЎФА

Bugun O‘zbekiston MTJ CAFA musobaqasining 2-turida maydonga tushadi.

Raqib — Turkmaniston terma jamoasi bo‘ladi. Uchrashuv 19:30 da "Olimpiya" stadionida boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston MTJ ilk turda Umonga qarshi bahs olib borib, 1:1 hisobidagi durang natijasini qayd etgandi.

Turkmaniston termasi esa Qirg‘iz Respublikasi bilan 1:1 hisobidagi durang o‘ynagandi.

Shuningdek, A guruhining yana bir bellashuvida Umon va Qirg‘iziston o‘zaro to‘qnash keladi. Bellashuv soat 17:00da start oladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting