locale OZ

O‘zbekiston Suriyaga qarshi o‘yin uchun asosiy tarkibni e’lon qildi

Bellashuv soat 19:00ga belgilangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston Suriyaga qarshi o‘yin uchun asosiy tarkibni e’lon qildi
Фото: ЎФА

O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasining murabbiylar shtabi Suriya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi uchun asosiy tarkibni e’lon qildi.

Uchrashuvni quyidagi futbolchilar asosiy tarkibda boshlaydi: Ne’matov (darvozabon), Husanov, Karimov, O‘rozov, Mozgovoy, Hamrobekov, Amonov, Norchaev, Fayzullayev, Esanov va Maxamadjanov.

Zaxirada quyidagi futbolchilar qoldirilgan: Nazarov, Nemanov, Alijonov, Raxmonaliyev, Jaloliddinov, G‘aniyev, Xolmurodov, Nasrullayev, Shomurodov, Hamdamov, O‘ktamov, Jiyanov, Xolmatov, Abdug‘aniyev va Hakimov.

O‘yin 1-oktabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida bo‘lib o‘tadi. Bellashuv soat 19:00 ga belgilangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting