O‘zbekiston — Suriya. Uchrashuvlar tarixi
1-oktabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlari doirasida Suriyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinini oʻtkazadi.
❓ O‘zaro uchrashuvlardagi statistika qanday?
Bugungi kunga qadar ikki jamoa umumiy 7 marotaba to‘qnash kelgan. Ushbu uchrashuvlarning 2 tasida Oʻzbekiston g‘alaba qozongan bo‘lsa, 2 ta bahs durang bilan yakunlangan va 3 ta uchrashuvda Suriya g‘olib boʻlgan.
1996-yil: Oʻzbekiston 1:2 Suriya
2016-yil: Oʻzbekiston 1:0 Suriya
2017-yil: Suriya 1:0 Oʻzbekiston
2018-yil: Oʻzbekiston 1:1 Suriya
2019-yil: Oʻzbekiston 2:0 Suriya
2020-yil: Oʻzbekiston 0:1 Suriya
2024-yil: Oʻzbekiston 0:0 Suriya
To‘plar nisbati — 5:5.
Terma jamoalar oʻrtasidagi soʻnggi uchrashuv 2024-yil Qatarda boʻlib oʻtgan Osiyo kubogi guruh bosqichi doirasida oʻtkazilgan. Bahsda 0:0 hisobi qayd etilgan.