O‘zbekiston Superkubogi: «Neftchi» bosh sovrin uchun «Paxtakor»ga qarshi bahs olib boradi
Ushbu uchrashuv soat 19:15 da start oladi.
Фото: UzPFL
Bugun, 15 mart kuni Andijondagi “Bobur arena” stadionida O‘zbekiston Superkubogi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Toshkentning “Paxtakor” jamoasi Farg‘onaning “Neftchi” jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Ushbu uchrashuv soat 19:15 da start oladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilgi Superkubok bahsida Qarshining “Nasaf” jamoasi Andijonning “Andijon” jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist