O‘zbekiston – Quvayt uchrashuvining sanasi va qaysi stadionda bo‘lib o‘tishi ma’lum
UFA ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvga “Olimpiya” stadioni mezbonlik qiladi.
Фото: ЎФА
IFA Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy jamoasi oktyabr oyida Quvaytga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi haqida avvalroq xabar qilingandi.
UFA ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvga “Olimpiya” stadioni mezbonlik qiladi.
Shuningdek, terma jamoamiz 13-oktyabr kuni Malayziyada Urugvayga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ham maydonga tushadi.
Bu o‘yinlar oktyabr oyidagi FIFA kunlaridagi O‘zbekiston terma jamoasining o‘yinlari hisoblanadi.
O‘zbekiston — Quvayt
9-oktyabr | 18:00
“Olimpiya” stadioni
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist