O'zbekiston qizlar milliy jamoasi Bishkek shahriga Osiyo kubogi saralash bahslarida ishtirok etish uchun jo'nab ketdi
O'zbekiston ushbu turnirda Qirg'iz Respublikasi hamda Hindiston bilan o'ynaydi.
photo: UFA
O‘zbekiston U-17 qizlar terma jamoasi 2026-yilgi U-17 ayollar Osiyo kubogi saralash bosqichi uchrashuvlarini Qirg'izistonning Bishkek shahrida o'tkazadi
Maʼlumot uchun, O‘zbekiston U-17 qizlar terma jamoasi U-17 ayollar Osiyo kubogi saralash bosqichidagi ishtirokini 15-oktyabr kuni Qirg'iz Respublikasiga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.
Vakillarimiz oʻrin olgan “G” guruhining taqvimi bilan tanishing

O‘zbekiston U-17 qizlar terma jamoasi 2026-yilgi U-17 ayollar Osiyo kubogi saralash bosqichida ishtirok etish uchun Qirg'izistonning Bishkek shahriga jo'nab ketti.

Ibrohim Jalolov
Redaktor