locale OZ

O‘zbekiston Professional futbol ligasi (O‘zPFL) Superliganing avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar ro‘yxatini ma’lum qildi

«Navbahor» forvardi Husayn Norchayev ushbu oyda 5 o‘yinda maydonga tushgan va 6 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston Professional futbol ligasi (O‘zPFL) Superliganing avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar ro‘yxatini ma’lum qildi
photo: Navbahor FK

O‘zbekiston Professional futbol ligasi (O‘zPFL) Superliganing avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar ro‘yxatini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, besh nafar futbolchi g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

«Navbahor» forvardi Husayn Norchayev ushbu oyda 5 o‘yinda maydonga tushgan va 6 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol qilgan.

«So‘g‘diyona» hujumchisi Lyupcho Doriyev 5 bahsda 5 gol va 3 assist qayd etgan bo‘lsa, «Lokomotiv» a’zosi Suhrob Nurulloyev 5 uchrashuvda 2 tadan gol va assist muallifi bo‘lgan.

Shuningdek, «Buxoro» vakili Vladimir Rodich 5 o‘yinda 3 gol va 1 assistni o‘z nomiga rasmiylashtirib qo‘ygan. «Neftchi» yarimhimoyachisi Vladimir Yovovich esa 5 bellashuvda 5 marta jamoadoshlarining gollariga assistentlik qilgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting