locale OZ

O'zbekiston o'yinlari uchun Jahon chempionati-2026 chiptalari savdosi boshlandi

Milliy jamoamiz muxlislari ariza berish jarayonida ‘’My Team Uzbekistan’’ bandni tanlab, aynan bizga ajratilgan sektorlar bo‘yicha chipta uchun so‘rov yuborishlari mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston o'yinlari uchun Jahon chempionati-2026 chiptalari savdosi boshlandi
photo: UFA

Jahon chempionati-2026 chiptalari savdosi boshlandi

11 dekabrdan Jahon chempionati o‘yin chiptalari egalarini aniqlash maqsadida o’tkaziladigan tasodifiy tanlov bosqichi uchun ariza berish boshlandi.

Milliy jamoamiz muxlislari ariza berish jarayonida ‘’My Team Uzbekistan’’ bandni tanlab, aynan bizga ajratilgan sektorlar bo‘yicha chipta uchun so‘rov yuborishlari mumkin.

Chipta egalari kelasi yil fevral oyida FIFA tomonidan tasodifiy tanlov orqali aniqlanadi va to‘lovlar arizada ko‘rsatilgan karta ma’lumotlari asosida avtomatik amalga oshiriladi.

Ariza berish 2026-yil 13-yanvarga qadar FIFA rasmiy platformasi (https://fifa-fwc26-us.tickets.fifa.com/) orqali amalga oshiriladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting