O'zbekiston MTJni boshqargan Hans-Jürgen Göde — «Neftchi»da Islombek Ismoilovga yordam beradi
«Neftchi» futbol klubi germaniyalik mutaxassis Hans-Jürgen Göde yordamchi murabbiy etib tayinlanganini e'lon qildi.
Hans-Jürgen Göde 1956 yilda Germaniyaning Gelzenkirxen shahrida tug'ilgan.
Futbolchilik faoliyati:
Hans-Jürgen Göde professional faoliyatini “Shalke 04” klubida boshlagan. Keyinchalik «Preussen» va “Fortuna Dyusseldorf” jamoalarida to'p surgan. Ayniqsa, «Fortuna» safida uzoq yillar davomida yetakchi futbolchi va sardor bo'lib, 343 ta o'yinda maydonga tushib, 48 ta gol muallifiga aylangan.
Murabbiylik faoliyati:
Göde murabbiylik faoliyatini 1991 yilda “Fortuna Dyusseldorf”da boshlagan. Shundan so'ng Eronning «Persepolis» klubini boshqargan, yoshlar terma jamoasiga rahbarlik qilgan va bir qator Osiyo hamda Yevropa klublarida faoliyat olib borgan.
Xalqaro tajriba:
U turli yillarda Eron, Bahrayn, Malayziya, Ozarbayjon, Liviya, Myanma va Germaniya klublarida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, murabbiy O'zbekistondagi faoliyati orqali ham allaqachon tanish bo'lib ulgurgan. Göde 2003–2004 yillarda O'zbekiston milliy terma jamoasida yordamchi, keyin esa bosh murabbiy sifatida ham ishlagan.