locale OZ

O‘zbekiston milliy jamoasi ilk mundialda qatnashish uchun AQShga jo‘nab ketdi

Fabio Kannavaro chempionatga 30 nafar futbolchini olib ketmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston milliy jamoasi ilk mundialda qatnashish uchun AQShga jo‘nab ketdi
Фото: ЎФА

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi 26-may tongida Toshkent – Nyu-York reysi bilan o‘z tarixidagi ilk jahon chempionatida ishtirok etish uchun AQShga uchib ketdi.

Uzbekistan Airways jamoa uchun Boeing 787 Dreamliner samolyotini “Olga O‘zbekiston”, “ko‘k bo‘rilar” kabi yozuvlar tushirilgan maxsus livreya bilan jihozladi.

Bosh murabbiy Fabio Kannavaro chempionatga 30 nafar futbolchini olib ketmoqda, yakuniy ro‘yxatga ulardan 26 nafari kiritiladi.

O‘zbekiston JChdagi birinchi o‘yinini 17-iyunda (Toshkent vaqti bilan 18-iyun tongida) Mexiko shahrida Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting