locale OZ

O‘zbekiston kubogi. \"Navbahor\" Jizzaxda \"Xorazm\"ni mag‘lub etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston kubogi. "Navbahor" Jizzaxda "Xorazm"ni mag‘lub etdi
Photo: Navbakhor PFK

O‘zbekiston kubogi pley-off bosqichida “Navbahor” Jizzaxda “Xorazm”ni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Namanganliklar safida Igor Gabriel 49-daqiqada hisobni ochdi. Keyinchalik Abbosjon G‘ulomov 80 va 87-daqiqalarda ikkita gol urdi. “Xorazm”ning yagona goli 83-daqiqada Shahram Samiev hisobiga yozildi.

Shu tariqa, “Navbahor” chorak finalga yo‘llanma oldi.

O‘zbekiston kubogi. 1/8 final

“Xorazm” 1:3 “Navbahor”

Gollar: Igor Gabriel, 49 (0:1), Abbosjon G‘ulomov, 80 (0:2), Shahram Samiev, 83 (1:2), Abbosjon G‘ulomov, 87 (1:3)

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting