locale OZ

O'zbekiston Kubogi. “Jayxun” o'z maydonida “Sirdaryo FA”dan ustun keldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston Kubogi. “Jayxun” o'z maydonida “Sirdaryo FA”dan ustun keldi
FOTO: UZPFL

O'zbekiston Kubogi guruh bosqichining 1-turidan o'rin olgan bahsda “Jayxun” o'z maydonida “Sirdaryo FA”ni qabul qildi va 2:0 hisobida ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.

Dastlab, hisob 45+3-daqiqada Umidjon Karilov tomonidan ochildi (1:0). Ikkinchi bo'lim o'rtalarida Shuhrat Daryabayev jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Shu tariqa, “Jayxun” kubok bahslarini g'alaba bilan boshlab, uch ochkoni qo'lga kiritdi.

O'zbekiston Kubogi | 1-tur

“Jayxun” 2:0 “Sirdaryo FA”

Gollar: Umidjon Karilov 45+3' (1:0), Shuhrat Daryabayev 69' (2:0).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting