O'zbekiston Kubogi. \"Buxoro\" - \"Lokomotiv\" uchrashuvi uchun PREVYU
Photo: PFC BUKHARA
"Buxoro" jamoasi O'zbekiston Kubogining guruh bosqichining 2 turida "Lokomotiv" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Jamoalar shu kunga qadar jami 37 ta uchrashuvda to'qnashib kelishgan.
O'zaro uchrashuvlarning 7 tasida Buxoro jamoasi g'alaba qozongan. "Lokomotiv" jamoasi esa 24 tasida zafar quchgan. Yana 6 ta bahsda jamoalar durang o'ynashgan. To'plar nisbati 35-72 Lokomotiv jamoasi foydasiga.
Ma'lumot uchun, "Buxoro" - "Lokomotiv" o'rtasidagi bahs 16:30 da "Buxoro FA" stadionida boshlanadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist