locale OZ

O'zbekiston Kubogi. “Bunyodkor” safarda “Namangan FA”dan ustun keldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston Kubogi. “Bunyodkor” safarda “Namangan FA”dan ustun keldi
FOТО: FC Bunyodkor

O'zbekiston Kubogi 2-turidan o'rin olgan bahsda “Bunyodkor” safarda “Namangan FA” mehmoni bo'ldi va yirik hisobda g'alaba qozondi.

Dastlab, hisob 25-daqiqada Firdavs Umaraliyev tomonidan ochildi (1:0). Oradan uch daqiqa o'tar-o'tmas Faxridddin Muhammadov oradagi muvozanatni tikladi (1:1).

Ikkinchi bo'lim oxirlarida esa Nosirjon Abdusalomov dublni rasmiylashtirib, “Bunyodkor”ning g'alabasini ta'minladi.

Shu tariqa, “qaldirg'ochlar” ushbu g'alabadan so'ng o'z ochkolari hisobini 6 taga yetkazib olib, “G” guruhi peshqadamiga aylandi.

O'zbekiston Kubogi | 2-tur

“Namangan FA” 1:3 “Bunyodkor”

Gollar: Firdavs Umaraliyev, 25' (1:0), Faxriddin Muhammadov, 28' (1:1), Nosirjon Abdusalomov, 85' (1:2), Nosirjon Abdusalomov, 90+1' pen (1:3)

Foydalanilmagan penalti: Farruhjon Qodirov 78' (Bunyodkor)

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting