locale OZ

O‘zbekiston Kubogi-2025 finali oldidan qiziqarli faktlar

Final 29 oktabr kuni Andijondagi "Bobur Arena" stadionida soat 18:30da boshlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston Kubogi-2025 finali oldidan qiziqarli faktlar
Фото: UzPFL

"Paxtakor" o‘z tarixida 18-marta O‘zbekiston Kubogi finalida maydonga chiqadi.

"Sherlar" kubok finallarida eng ko‘p ishtirok etgan jamoa hisoblanadi. Andijondagi final "Sherlar" uchun 18-hal qiluvchi bahs bo‘ladi. Ulardan 13tasida jamoamiz kubok sohibiga aylangan. "Bunyodkor" va "Nasaf" 9, "Neftchi" 7 marta finalda maydonga tushgan. Finalda ketma-ket uchta to‘qnashuv "Paxtakor" va "Bunyodkor" o‘rtasida 2007, 2008 va 2009 yillarda, so‘ng 2018, 2019 va 2020 yillarda "Paxtakor" va OKMK o‘rtasida kuzatilgan. Finallarda eng ko‘p uchragan qarama-qarshilik "Paxtakor" va "Neftchi" o‘rtasida bo‘lib, bu jamoalar jami 5 marta O‘zbekiston Kubogi finallarida kuch sinashgan. "Paxtakor" - "Bunyodkor", "Paxtakor" - OKMK, "Paxtakor" - "Nasaf" va "Bunyodkor" - "Nasaf" esa uch martadan finalda to‘qnash kelgan.

Ketma-ket finallarda ishtirok etish bo‘yicha rekord "Paxtakor"ga tegishli. Jamoamiz 2001-yildan 2009-yilgacha 9 ta finalda ketma-ket maydonga tushgan! Ikkinchi natija "Bunyodkor"ga tegishli bo‘lib, bu klub 2007-10 yillarda ketma-ket 4 finalda o‘ynagan.

Murabbiylar orasida ketma-ket uch finalda jamoasi bilan ishtirok etgan mutaxassislar qatoriga Aleksandr Ivankov, Yuriy Sarkisyan, Ravshan Haydarov, Shota Arveladze va Ro‘ziqul Berdiyev kiradi. Eng ko‘p finalda jamoasi bilan qatnashgan murabbiy Mirjalol Qosimov bo‘lib, Qosimov "Bunyodkor" va OKMK klublari bilan 8 finalda ishtirok etgan. Yuriy Sarkisyan esa "Neftchi" bilan 7 marta final ishtirokchisi bo‘lgan. Hozirgacha xorijlik murabbiylardan Leonid Ostroushko, Sergey Butenko, Tachmurod Agamurodov, Ziko, Shota Arveladze va Aleksandr Xomyakov O‘zbekiston Kubogida zafar quchgan.

"Paxtakor" va "Buxoro" finalda ilk bor to‘qnash keladigan O‘zbekiston Kubogi-2025 finali 29 oktabr kuni Andijondagi "Bobur Arena" stadionida soat 18:30da boshlanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting