locale OZ

O‘zbekiston Kubogi 1/8 finaliga 23 may kuni qur’a tashlanadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston Kubogi 1/8 finaliga 23 may kuni qur’a tashlanadi
Photo: UzPFL

O‘zbekiston Kubogi o‘zining qizg‘in pallasi sari intilmoqda.

21-may kuni O‘zbekiston Kubogining guruh bosqichi bahslari yakuniga yetadi. Sport tamoyillariga amal qilgan holda, guruhlardagi so‘nggi tur o‘yinlari bir vaqtda boshlanadi.

Iyun oyining ikkinchi yarmida 1/8 final uchrashuvlari o‘tkaziladi. Ushbu bosqich uchun qur’a 23-may kuni tashlanadi. Jarayon jonli efirda namoyish etiladi. Aynan shu kuni Superliga 11-turining Andijon — Surxon uchrashuvi start oladi. Rejaga ko‘ra, qur’a ana shu bahs oldidan o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, guruhni peshqadam sifatida yakunlagan jamoa 1/8 finalda raqibini o‘z maydonida qabul qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting