O'zbekiston hududida Jahon chempionati-2026 qaysi telekanalda namoyish etilishi ma'lum bo'ldi
Photo: Getty Images
Tarixda ilk bor O'zbekiston terma jamoasi ishtirok etadigan Jahon chempionati-2026 yurtimizda ZO'RTV telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri namoyish etiladi.
Ma'lumot uchun, AQSh, Kanada va Meksika mezbonligida bo'lib o'tadigan turnir 11 iyundan 19 iyulgacha davom etadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichini muvaffaqiyatli o'tkazib, yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist