locale OZ

Oʻzbekiston futbolidagi Superkubok uchrashuvi may oyida qayerda oʻtkazilishi aniq boʻldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Oʻzbekiston futbolidagi Superkubok uchrashuvi may oyida qayerda oʻtkazilishi aniq boʻldi
Oʻzbekiston futbolidagi Superkubok uchrashuvi may oyida qayerda oʻtkazilishi aniq boʻldi

27 may kuni mamlakatning amaldagi chempioni - "Nasaf" va Oʻzbekiston Kubogi sohibi - "Andijon" Superkubok uchun oʻzaro bahs olib borishadi. Ushbu uchrashuv "Bunyodkor" stadionida boʻlib oʻtadi. Professional futbol ligasi, stadion ma'muriyati va Uzcard kompaniyasi musobaqaning titul homiylari hisoblanadi. Tomonlar oʻyinni aynan shu stadionda oʻtkazish yuzasidan oʻzaro kelishuvga erishdi.

Nizomga koʻra, mamlakat chempioni sifatida "Nasaf" nominal mezbon sifatida maydonga tushadi. Superkubok uchrashuviga oid boshqa tashkilotchilik masalalari klublar oʻrtasida kelishuv asosida hal etiladi.

"Nasaf" 2024 yilgi Superligada 52 ochko toʻplab, yaqin taqibchisi — "OKMK"ni besh ochkoga ortda qoldirgan holda chempionlikni qoʻlga kiritdi. "Andijon" Oʻzbekiston Kubogi finalida "Navbahor"ni 3:2 hisobida magʻlub etib, musobaqa gʻolibi boʻldi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting