locale OZ

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida Turkiyaning yetakchi qurilish kompaniyalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

OAV vakillari uchun eng zamonaviy sharoitlar yaratilishi lozimligi qayd etildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida Turkiyaning yetakchi qurilish kompaniyalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Фото: ЎФА

Mazkur uchrashuv davomida Turkiyaning yirik qurilish kompaniyalari — “KOC Construction” va “Bahadir Kul Architects” vakillari O‘zbekistonda barpo etilishi rejalashtirilayotgan Yangi Toshkent Markaziy futbol o‘yingohi bo‘yicha o‘zlarining konseptual loyihalarini taqdim etdilar.

Taqdimot jarayonida mehmonlar stadionning arxitektura yechimlari, konstruktiv imkoniyatlari, muxlislar uchun yaratiladigan zamonaviy infratuzilma va xavfsizlik tizimlari, shuningdek, sportchilar hamda texnik xodimlar uchun mo‘ljallangan ichki majmualar haqida batafsil ma’lumot berdilar.

O‘FA rahbariyati loyiha bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini bildirib, stadion qurilishida barcha texnik me’yorlar va jarayonlarning FIFA talablariga to‘liq mos bo‘lishi zarurligini alohida ta’kidladi. Shuningdek, muxlislar, mutaxassislar va OAV vakillari uchun eng zamonaviy sharoitlar yaratilishi lozimligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida hamkorlikni davom ettirish va loyihani yanada takomillashtirish yuzasidan kelishib oldilar.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting