locale OZ

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va Coca-Cola O‘zbekiston oʻrtasida uzoq yillik hamkorlik shartnomasi imzolandi

Tomonlar mamlakatimizda futbolni rivojlantirish, milliy terma jamoalarni qo‘llab-quvvatlash va futbol madaniyatini keng ommalashtirishga qaratilgan istiqbolli loyihalarni muhokama qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va Coca-Cola O‘zbekiston oʻrtasida uzoq yillik hamkorlik shartnomasi imzolandi
photo: UFA

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va Coca-Cola O‘zbekiston oʻrtasida uzoq yillik hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Uchrashuvda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati, Coca-Cola O‘zbekiston bosh direktori Kazumasa Mukae hamda Coca-Cola Icecek kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh menejeri Furkan Aydın, O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari ishtirok etdi.

Tomonlar mamlakatimizda futbolni rivojlantirish, milliy terma jamoalarni qo‘llab-quvvatlash va futbol madaniyatini keng ommalashtirishga qaratilgan istiqbolli loyihalarni muhokama qildi.

“Butun dunyoda futbolning eng yaqin hamkori — Coca-Cola. Ushbu hamkorlik O‘zbekiston futboli ravnaqiga xizmat qiladi va yanada mustahkamlanib boradi", — Ravshan Irmatov.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida 2030-yilgacha mo‘ljallangan strategik hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting