O‘zbekiston chempionatining U-13, U-14, U-15 va U-16 yosh toifalari bo‘yicha birinchi bosqichi yakunlandi
U-15 va U-16 yosh toifalaridagi jamoalar o‘rtasidagi final bahslari esa 8–15-iyun kunlari Jizzax viloyatida tashkil etiladi.
photo: UFA
Futbol akademiyalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston chempionatining U-13, U-14, U-15 va U-16 yosh toifalari bo‘yicha birinchi bosqichi yakunlandi.
Musobaqa reglamentiga ko‘ra, birinchi bosqich yakunlarida har bir mintaqadan eng yaxshi 4 tadan jamoa final bosqichiga yo‘llanma oldi.
U-13 va U-14 yosh toifalaridagi jamoalar ishtirokidagi final bosqichi 1–7-iyun kunlari Sirdaryo viloyatida bo‘lib o‘tadi.
U-15 va U-16 yosh toifalaridagi jamoalar o‘rtasidagi final bahslari esa 8–15-iyun kunlari Jizzax viloyatida tashkil etiladi.
Final bosqichiga yo‘l olgan barcha jamoalarga omad tilaymiz.
Ibrohim Jalolov
Redaktor