O‘zbekiston ayollar terma jamoasining Osiyo Kubogidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi
Avstraliyaning Sidney shahrida bo‘lib o‘tadigan ayollar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi — 2026 musobaqasi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi B guruhidan joy oldi. Katrina Kulbite boshchiligidagi jamoa Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR), Xitoy va Bangladesh terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Musobaqada Osiyoning eng kuchli 12 ta terma jamoasi ishtirok etadi. Ular har birida to‘rttadan jamoa bo‘lgan uchta guruhga bo‘lingan. Guruhlar quyidagicha:
A guruhi:
Avstraliya
Koreya Respublikasi
Eron
Filippin
B guruhi:
KXDR
Xitoy
Bangladesh
O‘zbekiston
C guruhi:
Yaponiya
Vyetnam
Hindiston
Xitoy Taypeyi
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ushbu turnir yo‘llanmasini 23 yillik tanaffusdan so‘ng ilk bor qo‘lga kiritdi. Ular Toshkentda bo‘lgan saralash uchrashuvlarida Nepal, Laos va Shri-Lanka ayollar terma jamoalarini ortda qoldirib, musobaqa chiptasiga ega chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, ayollar terma jamoalari o‘rtasidagi Osiyo Kubogi 2026 yilning 1 martidan 21 martigacha Avstraliya maydonlarida bo‘lib o‘tadi.
