O‘zbekiston 17-yoshgacha bo'lgan terma jamoasining Osiyo Kubogi uchun tarkibi e'lon qilindi
3-20 aprel kunlari Tailandda 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi o‘tkaziladi. O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani mezbon Tailandga qarshi o‘yin bilan boshlab beradi. O‘yin 3-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.
Terma jamoa tarkibiga quyidagilar kiritilgan:
Darvozabonlar: Ibrohim Shokirov, Bahodir Izboskanov, Ne’matullo Rustamjonov.
Himoyachilar: Hojiakbar Botiriyev, Muhammad Hakimov, Mo‘minxon Bahodirxonov, Amirxon Murodov, Miraziz Abdukarimov, Bezruz Saidmurodov, Muhammadali Musaxonov, Dilerbek Mahmudjonov.
Yarim himoyachilar: Sadriddin Hasanov, Akbar Muhammadov, Muhammad Habibullayev, Sayfiddin Sodiqov, Abdulo Fazliddinov, Azizbek Abdumo‘minov, Jamshidbek Rustamov, Abubakir Shukurullayev, Azizbek Erimbetov, Faridjon Abdullayev.
Hujumchilar: Nurbek Sarsenboyev, Asilbek Aliyev.
O‘zbekiston U-17 terma jamoasining bosh murabbiyi Islom Ismoilov hisoblanadi.