locale OZ

O‘zbekiston 1 oktyabr kuni Toshkentda Suriyaga qarshi o‘ynaydi

Bu haqda O‘zbekiston futbol assosiatsiyasi (O‘FA) matbuot xizmati xabar berdi. 
O‘zbekiston 1 oktyabr kuni Toshkentda Suriyaga qarshi o‘ynaydi
Фото: ЎФА

Fabio Kannavaro boshqaruvidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi FIFA kunlarida doirasida Suriya jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assosiatsiyasi (O‘FA) matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha ushbu uchrashuv joriy yilning 1 oktyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi 2027 yilgi Osiyo Kubogiga tayyorgarlik doirasida yana ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi.

Kannavaro shogirdlari joriy yilning 24 sentyabr kuni Eronga qarshi maydonga tushsa, 6 oktyabr kuni Janubiy Koreya bilan bahs olib boradi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting