locale OZ

Oydinoy Turgunova: G‘alaba uchun, albatta, gollar kerak

Oydinoy Turgunova (Kechagi o'yin qahramoni) Marokash bilan o'yindan keyin fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Oydinoy Turgunova: G‘alaba uchun, albatta, gollar kerak
photo: UFA

Oydinoy Turgunova (Kechagi o'yin qahramoni) Marokash bilan o'yindan keyin fikr bildirdi.

"Bugungi o‘yin zo‘r bo‘ldi. Jamoamiz bilan oxirigacha g‘alaba uchun kurashdik. Murabbiyimizning ko‘rsatmalari asosida birdek harakat qildik. Bu g‘alabamizning asosiy sababi bo‘ldi.

G‘alaba uchun, albatta, gollar kerak. Bugun ko‘proq gol kiritishga harakat qildik. Imkoniyatlarimdan unumli foydalandim. Bunda jamoadoshlarimning ham hissasi katta bo‘ldi. Ularga ham buning uchun rahmat aytaman.

Xitoy terma jamoasiga qarshi munosib o‘yin ko‘rsatib, g‘alaba qilish niyatidamiz. Nasib etsa, O‘zbekistonga mundial yo‘llanmasi bilan qaytamiz. Buning uchun oxirigacha kurashamiz. Bizga ishonch bildirgan barchaga rahmat",-dedi futbolchi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting