Oybek Urmonjonov Turkiyada jarrohlik amaliyotidan o'tadi
Tiklanish bir necha oy davom etadi.
Фото: Динамо ПФК
Ushbu mavsumda "Dinamo" safida o‘ynagan Oybek Urmonjonov Superliga kashfiyotlaridan biriga aylandi. Biroq, chempionat yakunida u jarohat oldi.
19 yoshli yarim himoyachi "Nasaf"ga qarshi o‘yin oldidan mashg‘ulotda jarohatlandi. Tibbiy ko‘rikdan so‘ng futbolchida chap tizzasining oldingi son-suyak bog‘lamining yorilishi aniqlangani ma’lum qilindi. Klubning tibbiyot shtabi xabariga ko‘ra, Oybek Urmonjonov tizzasiga jarrohlik amaliyoti qilinadi. Yaqin kunlarda bu amaliyot Istanbul (Turkiya) shahrida o‘tkaziladi. Tiklanish bir necha oy davom etadi.
"Dinamo" PFK jamoa va barcha muxlislar nomidan Oybekka tezroq sog‘ayib, maydonga qaytishini tilaydi», — deyiladi xabarda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist