locale OZ

Oyarsabal Ispaniya terma jamoasining JCH-2026 dagi g'alaba imkoniyatlarini baholadi

Ispanlar N guruhida Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvay terma jamoalari bilan o‘ynaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Oyarsabal Ispaniya terma jamoasining JCH-2026 dagi g'alaba imkoniyatlarini baholadi
ФОТО: Getty images

Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Mikel Oyarsabal milliy jamoaning 2026 yilgi jahon chempionatidagi g'alaba imkoniyatlari haqidagi savolga javob berdi. Ispanlar N guruhida Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvay terma jamoalari bilan o‘ynaydi.

— Ispaniyaning turnirdagi g'alaba imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

— Biz o‘zimizga ishonamiz va qatʼiyatlimiz. O‘zimizni boshqalardan ustun, deb hisoblamaymiz. Biz manmanlik qilmaymiz, lekin o‘z kuchimizga ishonchimiz komil. Murabbiy doim shu jihatga urg‘u beradi va, o‘ylaymanki, ikki yil avvalgi Evrodagi muvaffaqiyatimizda aynan shu omil hal qiluvchi rol o‘ynagan.

O‘zingga ishonish, jamoadoshlarga ishonch va asosiy tarkib futbolchilari ham, zaxiradan maydonga tushadiganlar ham jamoa uchun bor kuchini berishini unutmaslik kerak. Fikrimcha, o‘tgan safar aynan shu muvaffaqiyat kaliti bo‘ldi — va bu yana natija berishi mumkin, — deya Oyarsabalning so‘zlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting