locale OZ

O‘tkir Yusupov: «Bunyodkor» — yaxshi shakllangan hamda tarkibi yosh futbolchilardan iborat jamoa»

Yusupov “Bunyodkor”ga qarshi bahs oldidan fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘tkir Yusupov: «Bunyodkor» — yaxshi shakllangan hamda tarkibi yosh futbolchilardan iborat jamoa»
Фото: Навбаҳор ПФК

O‘zbekiston Superligasining 17-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinar”ning tajribali darvozaboni O‘tkir Yusupov bo‘lajak bellashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“O‘yin borasida to‘xtaladigan bo‘lsam, raqibimiz “Bunyodkor” yaxshi shakllangan jamoa. Birinchi davrada Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “qaldirg‘ochlar”ga yutqazib qo‘ygandik, bo‘lajak bellashuvda o‘sha mag‘lubiyatning alamini olishimiz kerak.

Juma oqshomida o‘tkaziladigan o‘yinda stadionga tashrif buyuradigan, shuningdek, oyna-i jahon orqali jamoamizga ishqibozlik qiladigan muxlislarning yuzlariga quvonch ulashish, xonadonlariga yaxshi kayfiyatda qaytishlarini ta’minlash, g‘alaba qozonish ishtiyoqida maydonga tushamiz.

“Bunyodkor” — yaxshi shakllangan hamda tarkibi yosh futbolchilardan iborat jamoa. Qolaversa, Ilyos Zeytullaevning qanday salohiyatga ega murabbiy ekanligini yaxshi bilamiz.

Biz ham o‘z maydonimizdagi har bir o‘yinda maksimal ochko olib, zafar quchib, jamoamiz ishqibozlari hamda klub rahbariyati, shu jumladan, Namangan viloyati hokimiga xursandchilik ulashishga harakat qilamiz”, — dedi O‘tkir Yusupov.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting