Otamendi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
38 yoshli himoyachi Argentina terma jamoasi safidagi debyutini 2009 yilda o‘tkazgan.
ФОТО: Getty images
Argentina terma jamoasi himoyachisi Nikolas Otamendi terma jamoada faoliyatini yakunladi. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi.
“Men doimo hech qachon ishonchini yo‘qotmagan, so‘nggi soniyagacha kurashgan va o‘z bayrog‘i hamda ranglarini butun qalbim bilan himoya qilgan ajoyib jamoaning bir qismi bo‘lganimdan faxrlanaman”, — deydi Otamendi.
Ma’lumot uchun, 38 yoshli himoyachi Argentina terma jamoasi safidagi debyutini 2009 yilda o‘tkazgan. Bu vaqt davomida 139 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist