Otabek Shukurov faoliyatini Yevropada davom ettiradi
30 yoshli futbolchi JCh oldidan BAAning “Baniyas” jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgan edi.
Фото: ЎФА
O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov faoliyatini Serbiyada davom ettiradi.
Surdulitsaning “Radnik” jamoasi rasman uning transferini e’lon qildi.
30 yoshli futbolchi JCh oldidan BAAning “Baniyas” jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, “Radnik” ayni paytda 14 ochko bilan musobaqa jadvalida 7-o‘rinda bormoqda. "Crvena Zvezda" jamoasi chempionat yetakchisi sanaladi.