locale OZ

Otabek Narzullayev: «Maqsadimiz kubok finali edi. Endi bor e’tiborimiz Superligaga qaratiladi»

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Otabek Narzullayev: «Maqsadimiz kubok finali edi. Endi bor e’tiborimiz Superligaga qaratiladi»
Фото: Машъал ПФК

O‘zbekiston kubogi chorak finalidan o‘rin olgan "Paxtakor" va "Mash’al" (3:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Otabek Narzullayev matbuot anjumanida qatnashdi.

- Yana o‘zimizning xatolarimiz evaziga gol o‘tkazib yubordik. Bu vaziyatlarni o‘ylab, xulosa qilishimiz kerak. Nega biz o‘yin boshida gollar qo‘yib yuboryapmiz? Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida charchoq sababli gol o‘tkazib yuborish tabiiy, lekin nega uchrashuv boshida gol qo‘yib yuborayotganimiz biroz tushunarsiz. Bu taktik jihatdan yo‘l qo‘yilgan kamchilik bo‘lishi mumkin. Buning ustida ishlashimiz kerak. "Paxtakor"ni tabriklaymiz. Maqsadimiz kubok finali edi. O‘xshamadi. Bor e’tiborimiz Superligaga qaratiladi.

- Jamoa o‘yin boshida "Paxtakor"ga yaxshi qarshilik ko‘rsatayotgandi. Hatto birinchi goldan keyin ham shunday bo‘ldi, ammo ikkinchi goldan keyin jamoa o‘yinni biroz tashlab qo‘ydi. Hisob 1:3 bo‘lganda jamoa katta ishtiyoq ko‘rsatdi. Bu ishtiyoqni ertaroq ko‘rsatishning imkoni yo‘qmidi?

- Bu psixologik holat bilan bog‘liq. Futbolchilar "Paxtakor", "Nasaf" kabi nomlarni eshitganda biroz cho‘chimoqda. Ikkinchi bo‘lim ko‘rsatdiki, raqibni hurmat qilgan holda istalgan jamoaga qarshi o‘ynasa bo‘ladi. Futbolchilarda ishonch bo‘lsa, o‘yin yaxshi chiqmoqda. O‘yin davomida shunga urg‘u qaratishimiz kerak.

- Samandar Ochilov nega maydonga tushmayapti?

- U yaxshi futbolchi. Uning pozitsiyasi markaziy himoyachi. Hozirgi raqiblarda bo‘yi uzun hujumchilar bor, shunga bu jamoalarga qarshi bo‘yi uzun himoyachilardan foydalanayapmiz. Unga ham imkoniyat beramiz. Raqobatda kim yutib chiqsa o‘sha maydonga tushadi.

- "Neftchi" bilan o‘yinda juda ko‘p "brak"lar bo‘ldi. Bugun ham shunga o‘xshash holat yuz berdi. Bu raqibning darajasidan kelib chiqib bo‘ldimi?

- Raqibning darajasi sabab deb o‘ylamayman. Bu ruhiy holat, futbolchilar o‘ziga bo‘lgan ishonchni saqlay olmayapti. Agar biz "Andijon"ga qarshi o‘yin kabi ishtiyoq bilan maydonga chiqqanimizda har bir jamoaga muammo tug‘dirgan bo‘lardik. Mag‘lubiyatlardan keyin biroz qo‘rquv bo‘lmoqda. Bu har bir jamoada bo‘ladi. G‘alaba uchun ko‘z yonib tursa, istalgan raqibdan ochko olsa bo‘ladi. Bu ruhiy kamchilik deb o‘ylayman.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting