locale OZ

Otabek Narzullaev: «Har bir chiziqqa ikki nafardan futbolchi yig‘moqchimiz»

"Mash'al" ustozining o‘z fikrlari.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Otabek Narzullaev: «Har bir chiziqqa ikki nafardan futbolchi yig‘moqchimiz»
Фото: Машъал ПФК

Superliga pley-off bosqichidan o‘rin olgan "Mash'al" – "Buxoro" uchrashuvi 0:0 hisobida yakun topdi va penaltilar seriyasida "Mash'al"ning qo‘li baland keldi (3:1). O‘yindan so‘ng muborakliklar bosh murabbiyi Otabek Narzullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O‘yin haqida fikrlaringiz...

- Hisiyotlarga boy o‘yin ko‘rdik deb o‘ylayman. Superligada qolish uchun oxirigacha kurash olib bordik. Vaziya bajarilgani bilan barcha muborakliklarni tabriklayman. Endi bemalol ta’tilga chiqsak bo‘ladi. Nasib qilsa, kelasi yil yanada kuchli bo‘lib qaytamiz.

- "Mash'al"ning yangi rejalar haqida...

- Hozir ta’tilga chiqamiz. Taqdirim nima bo‘lishini bilmayman, klub rahbariyati hal qiladi. Agar qoladigan bo‘lsam, yana jon-jahd bilan ishlashga tayyorman. Endi Superligada qolish uchun kurashmaymiz, kuchli beshtalik uchun harakat qilamiz. Bu yil og‘ir mavsumni o‘tkazdik. Balki byudjetimiz boshqa jamoalarga nisbatan ancha kamdir, lekin hech kim pulni o‘ylamadi. Hamma o‘z nomi uchun, klub uchun harakat qildi. Futbolchilarimiz xarakter ko‘rsata olishdi.

- Yil boshidagi rejalar qanday edi?

- Men mavsumni U-21 jamoasida boshlaganman. Keyinroq asosiy tarkibga o‘tkazishdi. Baribir maqsad yuqori bo‘lganidan xabarim bor. Hech kim pley-offda o‘ynaymiz demaydi. Endi bu futbol, peshonamizga shu yozilgan ekan. Eng muhimi, "Mash'al"ni Superligada saqlab qoldik. Hammasi niyatga va maqsadga bog‘liq. Kelasi yil ham yaxshi niyat bilan ishga kirishamiz deb o‘ylayman.

- "Mash'al" bu yil Superligada eng ko‘p gol o‘tkazgan jamoa bo‘ldi. Agar jamoada qolsangiz, nimalarni o‘zgartirasiz?

- Har bir murabbiy mavjud tarkibdan kelib chiqqan holda yaxshi o‘yin ko‘rsatsam deydi. Endi o‘zgartiraman desangiz ish ko‘p va har biriga to‘xtalish uchun ko‘p vaqt kerak bo‘ladi. Qo‘l ostimdagi jamoa hujumkor futbol ko‘rsatishini xohlayman.

- Jamoani yoshartirish bo‘yicha qanday ish olib boriladi?

- Har bir futbolchini saqlab qolishga harakat qilamiz. Har bir chiziqqa ikki nafardan futbolchi yig‘moqchimiz. Albatta, yoshlarga alohida e’tibor bo‘ladi. Faqat hozirda men tarkibimiz shunaqa ko‘rinishda bo‘ladi deb ayta olmayman. Chunki mavsum endi tugadi va o‘zim bilan ham nima bo‘lishini bilmayman. Jamoani qabul qilib olayotganimda rahbariyat Superligada olib qolish vazifasini qo‘ygandi. Vazifani bajardik va buyog‘i nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting