locale OZ

Otabek Narzullaev: «Andijon»ga qarshi hujum taktika o‘ynamasak bo‘lmasdi»

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Otabek Narzullaev: «Andijon»ga qarshi hujum taktika o‘ynamasak bo‘lmasdi»
Photo: Andijan PFK

Muborakning "Mash'al" jamoasi Superliganing 19-turida "Andijon" ustidan zafar quchdi (1:0). Uchrashuvdan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Otabek Narzullaev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bugun muhim g‘alabani qo‘lga kiritdik. Yigitlar iroda ko‘rsatishdi. Qiyin o‘yin bo‘ldi. Birinchi bo‘lim bizning nazoratimizda o‘tdi. Vaziiyatlardan foydalana olmadik, ikkinchi bo‘limda 1:0 hisobini ushlab qolishga harakat qilishdi. Bu kabi xatolar ustida ishlashimiz, yaxshilashimiz kerak. Barchani tabriklayman. Jamoa ruhiy tushkunlikda edi, bu futbolchilarga o‘ziga bo‘lgan ishonchini qaytardi", - deydi Otabek Narzullaev.

— Bu sizning ilk rasmiy g‘alabangiz. Raqib kuchsiz emasdi. Shunga qaramay g‘alaba uchun taktika ishlab chiqdingiz. Asosiy xatolar nimada bo‘lyapti deb hisoblaysiz?

— Aytganimdek, goldan so‘ng ruhiy yutdik deb o‘ylashmoqda. Futbol 90 daqiqa o‘ynaladi. "Andijon" yaxshi jamoa, ularni o‘rganib chiqqan edik. Bu jamoaga qarshi hujumkor o‘ynamasak bo‘lmasdi. Mavsum boshida "Paxtakor", "Dinamo"lar bilan qarshi hujumda o‘ynagandik. Endi hujumkor taktikani qo‘lladik. Xatolarimiz ustida ishlaymiz, keyingi o‘yinlardan bundan ham yaxshiroq o‘ynashga harakat qilamiz.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting