Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston yarim finalga chiqdi
Bugun, 25 sentyabr kuni Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining chorak finalida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Saudiya Arabistonini 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvning 12-daqiqasida Sardor Bahromovning jarima zarbasidan keyin darvozabon to‘pni qaytardi. Qaytib kelgan to‘pni Dilshod Murtazoyev darvozaga aniq yo‘llab, hisobni ochdi.
78-daqiqada Azizbek To‘lqinbekov O‘zbekistonning ikkinchi golini kiritib, hisobni 2:0 ga yetkazdi. 86-daqiqada esa Firdavs Abdurahmonov uchinchi golni urib, jamoasining yirik g‘alabasini ta’minladi.
Shu tariqa, O‘zbekiston 3:0 hisobidagi g‘alaba orqali Osiyo o‘yinlarining yarim finaliga yo‘llanma oldi. Ravshan Haydarov shogirdlari yarim finalda Yaponiya – Shimoliy Koreya uchrashuvi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.