Osiyo kubogi U-23: Bugun O‘zbekiston terma jamoasi yarim final yo‘llanmasi uchun kurashadi
Ushbu uchrashuv "Prince Faisal Bin Fahd" stadionida soat 16:30 da boshlanadi.
Фото: ЎФА
Bugun, 17 yanvar kuni Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo kubogi chorak final bosqichida Xitoy terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Ushbu uchrashuv "Prince Faisal Bin Fahd" stadionida soat 16:30 da boshlanadi.
Agar O‘zbekiston terma jamoasi ushbu uchrashuvda Xitoy ustidan g‘alaba qozonsa, yarim finalda Vetnam terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Ushbu o‘yin 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist